OMMAVIY OFERTA
(Pullik axborot-ta’limiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida)
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369–370-moddalariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, “LYMPHA KIDS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Ijrochi) tomonidan jismoniy va/yoki yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) pullik axborot-ta’limiy xizmatlar ko‘rsatish shartlarini belgilaydi.
1.2. Ushbu ofertada belgilangan shartlar Ijrochi tomonidan ommaviy ravishda e’lon qilinadi va Buyurtmachi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab to‘liq qabul qilingan (aksept qilingan) hisoblanadi.
1.3. Ushbu oferta alohida yozma shartnoma tuzishni talab qilmaydi.
2. XIZMAT PREDMETI
2.1. Ijrochi Buyurtmachiga qisqa muddatli, norasmiy, onlayn axborot-ta’limiy kurslar va seminarlarni taqdim etadi.
2.2. Kurslar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi mumkin (lekin ular bilan cheklanmaydi):
· Umumiy pediatriya;
· Pediatrik nevrologiya;
· Tibbiy tadqiqotlar (Medical Research);
· Tibbiyotda ingliz tili (Medical English);
· Boshqa qisqa muddatli nazariy professional kurslar.
2.3. Kurslar:
· onlayn formatda (Zoom, Google Meet va boshqalar);
· nazariy shaklda;
· imtihon va amaliyotlarsiz o‘tkaziladi.
3. TA’LIM MAQOMI VA CHEKLOVLAR
3.1. Ushbu xizmatlar:
· rasmiy ta’lim faoliyati hisoblanmaydi;
· malaka oshirish (CME) kurslari hisoblanmaydi;
· davlat tomonidan akkreditatsiyalanmagan.
3.2. Kurs yakunida beriladigan sertifikat:
· Certificate of Participation (Qatnashganlik sertifikati) hisoblanadi;
· kasbiy malaka, toifa yoki attestatsiyaga avtomatik huquq bermaydi;
· tibbiy faoliyatni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.
3.3. Sertifikatda kurs nomi va umumiy akademik soatlar (masalan, 10 yoki 20 soat) ko‘rsatilishi mumkin.
4. AUDITORIYA
4.1. Kurslar quyidagi shaxslar uchun mo‘ljallangan:
· tibbiyot talabalari;
· ordinatorlar va rezidentlar;
· magistrlar;
· amaldagi shifokorlar;
· tibbiyot sohasiga qiziqadigan boshqa shaxslar.
4.2. Ijrochi Buyurtmachining kasbiy maqomini tekshirish majburiyatini olmaydi.
5. TIBBIY VA AKADEMIK DISCLAIMER
5.1. Kurs davomida taqdim etiladigan barcha ma’lumotlar faqat o‘quv va ma’rifiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
5.2. Kurs materiallari:
· real klinik qaror qabul qilish o‘rnini bosa olmaydi;
· individual bemorlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatma hisoblanmaydi.
5.3. Buyurtmachi o‘z faoliyati davomida qabul qilgan har qanday klinik qarorlar uchun shaxsan o‘zi javobgar hisoblanadi.
6. TO‘LOV SHARTLARI
6.1. Kurslar bo‘yicha narx, davomiylik va jadval Ijrochi tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki individual murojaatga javoban yozma va/yoki og‘zaki shaklda Buyurtmachiga yetkaziladi. Kurslar bo‘yicha narxlar ochiq e’lon qilinmasligi mumkin.
6.2. Buyurtmachi kurs narxi va shartlari bilan tanishgan holda Ijrochining bank hisob raqamiga yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov amalga oshirilishi ushbu ommaviy ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilish (aksept) hisoblanadi.
6.3. To‘lov quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
• Ijrochining bank hisob raqamiga yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali.
6.3. Kurs boshlanganidan so‘ng to‘lov qaytarilmaydi, bundan Ijrochi tomonidan kurs bekor qilingan yoki boshqa muddatga ko‘chirilgan holatlar mustasno.
7. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Ijrochi:
· kurslarni e’lon qilingan dastur asosida o‘tkazishga;
· lektorlarni jalb qilishga;
· sertifikat berishga majbur.
7.2. Buyurtmachi:
· kurs qoidalariga rioya qilishga;
· darslarni yozib tarqatmaslikka;
· uchinchi shaxslarga kirish huquqini bermaslikka majbur.
8. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
8.1. Ijrochi texnik uzilishlar, internet muammolari yoki Buyurtmachi tomoni sababli yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar emas.
8.2. Ijrochi kurs natijasida Buyurtmachining kasbiy darajasi oshishiga kafolat bermaydi.
9. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Ushbu oferta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
9.2. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda sud tartibida hal qilinadi.
10. IJROCHI REKVIZITLARI
“LYMPHA KIDS” mas’uliyati cheklangan jamiyati
STIR: 312390332
IFUT: 85590